Ilmiy kengashda oʻquv-uslubiy majmualar muhokama etildi
2025-09-01 23:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uni institut boshligʻi, Ilmiy kengashi raisi, polkovnik Olimjon Axmedov olib bordi. Yigʻilishda Ilmiy kengash aʼzolari, professor-oʻqituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Yigʻilish kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha professor-oʻqituvchilar tomonidan taqdim etilgan oʻquv-uslubiy majmualar muhokama etildi.
Muhokamaga qoʻyilgan masalalar boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi.
IIV Malaka oshirish instituti Axborot xizmati






