Taʼlim muassasalarida birinchi qoʻngʻiroq tadbirlari boshlanishi munosabati bilan YHXX rahbariyati poytaxtdagi bir qator maktablarda boʻlib, oʻquvchi yoshlarni kutib olishga qaratilgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi
2025-09-01 17:50:00 / Yangiliklar

Tashrif doirasida taʼlim dargohlariga olib boruvchi yoʻllarning xavfsizlik darajasi, yoʻl chiziqlari va belgilarining holati oʻrganildi. Bolalarning harakatlanishdagi xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, xizmat rahbari oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish sinfxonalarini koʻzdan kechirib, bu borada dars beradigan oʻqituvchilarning ham bilim va malakasini oshirish muhim ekanini taʼkidladi.
YHXX va maktab maʼmuriyati hamkorligida oʻquv yili davomida turli targʻibot-tashviqot tadbirlari, uchrashuvlar va amaliy mashgʻulotlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Barcha aziz oʻquvchilarni yangi oʻquv yili va birinchi qoʻngʻiroq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi bilimlar, katta yutuqlar va omadlar hamisha yoʻldoshingiz boʻlsin!






