Akademiya kursantlari “Zakovat”da bellashdi
2025-09-01 14:40:00 / Yangiliklar

IIV Oʻquv-dala markazida boshlangʻich harbiy tayyorgarlik bosqichini oʻtayotgan akademiyaning 1-kurs kursantlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
Tadbirda 40 ta jamoadan iborat yoshlar oʻz bilim va dunyoqarashini namoyon etish bilan birga, jamoaviy hamkorlik va tezkor qaror qabul qilish mahoratini ham sinovdan oʻtkazishdi.
Qizgʻin va doʻstona ruhda kechgan intellektual oʻyin ikki bosqichda tashkil etildi. Har bir bosqichda 12 tadan, jami 24 ta savol oʻrtaga tashlandi. Yakuniy natijalarga koʻra, “Bilimdon” jamoasi mutlaq gʻolib deb topildi. Ikkinchi oʻrin esa qizlar otryadidan “Everest” jamoasiga nasib etdi.
Tashkilotchilar taʼkidlaganidek, bunday tadbirlar kursantlarda faqat nazariy bilimlarni emas, balki mustaqil fikrlash, hamjihatlik va masʼuliyat tuygʻusini ham mustahkamlaydi. “Zakovat” oʻyini esa ularning maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati








