Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Mustaqilligimizning 34-yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
2025-08-31 09:00:00 / Yangiliklar

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida davlatimiz mustaqilligining 34-yilligi bayrami munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.
Shodiyonalari arafasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Majlislar zalining ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Boshqarma sohaviy xizmatlari va tarkibiy boʻlimlari xodimlari, faxriylar, ommaviy axborot vositalari vakillari jam boʻlgan tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov ochdi.
Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda keyingi yillarda oʻtkazilayotgan islohotlarda bosh mezon Inson manfaatiga qaratilib, bir qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratilayotganini taʼkidladi.
Jumladan, ichki ishlar organlari xodimlarini xizmat uylari va turarjoy bilan taʼminlash, shart-sharoitlar yaratish, madaniy tadbirlar uchun binolar qurishga alohida eʼtibor qaratilayotir, — dedi boshqarma boshligʻi oʻz soʻzida. — Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun Majlislar zalining joriy taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgani ana shunday xayrli tashabbusning amaldagi ifodasi boʻldi.
Shundan soʻng, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida davlatimiz mustaqilligining 34-yilligi bayrami munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-avgust kunidagi Farmoniga asosan davlat mukofoti va Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan “Aʼlo xizmatlari uchun”, I-II-III-darajali “Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari, “Faxriy yorliq”, qoʻl soati va pul mukofoti hamda ragʻbatlantirish tariqasida muddatidan oldin berilgan unvon oʻz egalariga topshirildi.
“Toʻmaris izdoshlari” Respublika musobaqasida 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan xotin-qizlar jamoasiga medallar va kubok hamda maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yashil chiroq – 2025” musobaqasining Respublika bosqichida faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritganligi uchun Qarshi shahar 4-maktabning “Targʻibotchilar“ jamoasi va murabbiylari kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati







