Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika xizmati va uning quyi tizimlari xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi
2025-08-31 09:00:00 / Yangiliklar

Koʻrik tanlovda xodimlar 3 bosqichda sinovlardan oʻtkazildi. Dastlab ishtirokchilardan bilim darajasini aniqlashga qaratilgan test sinovlari qabul qilindi.
Ikkinchi bosqichda xodimlarning “Kalashnikov” avtomati va “Makarov” pistoletini toʻliqsiz qismlarga ajratish hamda yigʻishga doir mahoratlari sinovdan oʻtkazildi.
Shundan soʻng, ishtirokchilar bilan oʻtkazilgan suhbat asnosida ekspert-kriminalistika faoliyatiga oid ekspert-kriminalistning huquq va majburiyatlari, xizmatga oid meʼyoriy hujjatlar, sohaviy xizmatlar bilan oʻzaro hamkorligi, tergov-tezkor guruhi tarkibidagi vazifalari, faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari va yutuqlari hamda kriminalistika sohasida egallagan maxsus bilimlari va amaliy koʻnikmalari ishchi guruh aʼzolari tomonidan baholandi.
Murosasiz oʻtgan bahslarda Buxoro viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti kapitan Shahzod Islomov uchinchi oʻrin, Shofirkon tuman IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti kapitan Feruzjon Nizomov ikkinchi oʻrin hamda Buxoro viloyati IIB ekspert-kriminalistika markazi Biometrik identifikatsiya qilish guruhi bosh eksperti podpolkovnik Bunyod Hamroyev faxrli birinchi oʻrinni egallab, koʻrik tanlovning respublika bosqichiga qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.
Oʻtkaziladigan bu kabi koʻrik tanlovlar xodimlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va qoʻllab-quvvatlash hamda xizmatda yuqori natijalarga erishgan xodimlarni munosib ragʻbatlantirish uchun xizmat qiladi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati








