Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Mustaqilligimizning 34-yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
2025-08-31 09:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda boshqarma rahbariyati, faxriylar hamda hududiy va sohaviy xizmatlar boshliqlari ishtirok etdi.
Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan tantanada dastlab viloyat IIB boshligʻi shaxsiy tarkibga Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.
Tabrik nutqidan soʻng, Vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini taʼminlash yoʻlidagi koʻp yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olishdagi samarali mehnatlari, shuningdek, xizmat burchini bajarishda koʻrsatgan mardlik va jasorati uchun Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan bir guruh xodimlar mukofotlandi.
Ular orasida “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni, “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” I, II va III darajali koʻkrak nishonlari, muddatidan oldin maxsus unvonlar, Ichki ishlar vazirining esdalik qoʻl soati, kitoblar toʻplami, pul mukofotlari, shuningdek, boshqarma boshligʻining esdalik qoʻl soati va tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir yakunida boshqarma boshligʻi barcha shaxsiy tarkibni va mukofotlanganlarni yana bir bor tabriklab, ushbu eʼtiroflar xodimlarning kelgusi xizmatlarini yanada shijoat bilan davom ettirishlariga katta turtki boʻlishini alohida taʼkidladi.
Bayram tadbirlari shahar va tumanlar miqyosida ham davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









