Samarqand viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida“Eng yaxshi tergovchi” va “Eng yaxshi profilaktika inspektori” tanlovlarining viloyat bosqichi oʻtkazildi
2025-08-30 12:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi “Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori talablari asosida viloyat IIB xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi tergovchi” hamda “Eng yaxshi profilaktika inspektori” nominatsiyasi boʻyicha tanlov oʻtkazildi.
Tanlovda ishtirokchilar 5 bosqichda, yaʼni jismoniy va jangovar tayyorgarlik, ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan elektron test sinovlari, ishtirokchilarning individual psixologik xususiyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar asosida bellashishdi hamda yakka tartibdagi suhbatlar oʻtkazildi.
Koʻrik tanlov yakuniga koʻra 1,2,3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar tanlovning respublika bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati








