“Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi oʻtkazildi
2025-08-30 11:25:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 20–26-avgust kunlari Toshkent viloyati IIBB Ekspert-kriminalistika xizmati xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik-tanlovi tashkil etildi. Unda viloyat IIOning 16 nafar eksperti ishtirok etib, oʻz bilim va mahoratini namoyish qildi.
Tanlov uch bosqichdan iborat boʻldi. Birinchi shartda ishtirokchilar belgilangan soniyalar ichida Kalashnikov avtomati va Makarov pistoletini qismlarga ajratish hamda qayta yigʻish amaliyotini bajarishdi. Ikkinchi bosqichda maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalish, xizmat tayyorgarligi va sohaviy bilimlar boʻyicha test sinovlari oʻtkazildi. Yakuniy bosqichda esa xodimlar oʻz sohasi boʻyicha ogʻzaki savol-javob tarzida sinovdan oʻtkazildi.
Natijaga koʻra, 3-oʻrinni Toshkent viloyati IIBB Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti, leytenant Nizomiddin Zaynobiddinovga, 2-oʻrinni Chirchiq shahar IIB katta eksperti, katta leytenant Sardor Akromovga egalladi. Faxrli 1-oʻrinni Toshkent viloyati IIBB Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti, mayor Hamid Rahimboyev qoʻlga kiritib, respublika bosqichiga yoʻllanma oldi. Gʻoliblar munosib taqdirlandi.
Mazkur tanlov ekspert-kriminalistlar bilim va malakasini oshirish, sogʻlom raqobatni shakllantirish hamda sohada malakali kadrlar safini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati




