Yuksak kasbiy bilim, koʻnikma va malaka samarali amaliyot garovi
2025-08-29 11:20:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 18-martdagi PQ-110-son qarori hamda Ichki ishlar vazirligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-avgust kunidagi 45/45-son qoʻshma qarorlariga muvofiq ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha (katta) inspektor-psixologlarining taʼlim-tarbiya sohasiga oid bilim saviyasi va koʻnikmalarini yanada oshirish hamda respublika oliy taʼlim muassasalari salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida joriy yilning 18-avgust kunidan 27-avgust kuniga qadar Guliston Davlat universitetida, universitetining malakali professor oʻqituvchilari jalb etilgan holda“Umumiy psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi” va “Bola psixologiyasi” modullari boʻyicha sayyor oʻquv yigʻini tashkil etildi.
Ushbu oʻquv yigʻinlarida viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan 43 nafar voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar ishtirok etishdi.
Oʻquv yigʻinida ishtirok etib, yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan xodimlarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati





