Namangan viloyati IIBda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi
2025-08-27 11:30:00 / Yangiliklar

Yigʻilish viloyat IIB boshligʻi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya hamda Davlat soliq boshqarmasi boshliqlari rahbarligida oʻtkazilib, unda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga va yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan “Bilimlar kuni” tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yigʻilish davomida bayram tadbirlarini oʻtkazishda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oʻzaro hamkorlikda xizmatni tashkil etishi, ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish va boshqa masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



