Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Xorazm viloyati hududlarida oʻrganishlar olib borilmoqda
2025-08-26 12:20:00 / Yangiliklar

Vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov huzurida, Xorazm viloyati hududlarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yoʻl-harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazilib, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yoʻl qoʻyib kelinayotgan tizimli kamchiliklar ham sanab oʻtildi.
Jinoyatchilikning ayrim turlari oshgan hudud mutasaddi rahbarlariga bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan tashkiliy, tezkor hamda profilaktik tadbirlar xususida koʻrsatma hamda topshiriqlar berildi.
Viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan galdagi vazifalar xususida soʻz yuritib, shaxsiy tarkib oʻrtasida turli korrupsiogen holatlar, ayniqsa, tamagirlikka yoʻl qoʻymaslik, xizmat va ijro intizomi hamda qonuniylikni mustahkamlash borasida oʻzining tavsiya va talablarini yetkazdi.
Tadbir yakunida viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlash borasidagi manzilli ishlarni bajarishda sansolarlikka yoʻl qoʻygan, masʼuliyat bilan yondashmagan mutasaddilarga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati






