Namangan viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining oʻrganishlari davom etmoqda
2025-08-26 13:50:00 / Yangiliklar

Viloyat hududida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramini munosib tarzda nishonlash va ommaviy tadbirlar davomida fuqarolar tinchligi hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
Namangan viloyati IIB va Milliy gvardiya boshqarmasi boshliqlari navbatdagi Norin, Uchqoʻrgʻon, Uychi, Chortoq, Yangiqoʻrgʻon va Kosonsoy tumanlarida boʻlib, ushbu hududlarda bayram tadbirlari tashkil etiladigan joylar tuman rahbarlari ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Oʻrganishlar davomida belgilangan xavfsizlik chora-tadbirlari bilan yaqindan tanishilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati


