“Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida davra suhbati hamda xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasida seminar tashkil etildi
2025-08-26 10:30:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari tomonidan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida Namangan viloyati IIO da xizmat qilayotgan ayol xodimalar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada boyitish, ularga berilayotgan imtiyoz va kafolatlar yuzasidan tushunchalar berish, shuningdek, mavjud muammolarni joyida hal etish boʻyicha fikr almashildi. Suhbat davomida xodimlar tomonidan ijtimoiy himoya yoʻnalishida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.
Davra suhbatining asosiy maqsadi xodimlarning ijtimoiy himoya borasidagi savodxonligini oshirish, ularda mavjud boʻlgan savollariga amaliy javob berish hamda tizimda insonparvarlik tamoyillarini yanada mustahkamlashga qaratildi.
Shuningdek Namangan viloyatida xotin-qizlarni psixologiya yoʻnalishidagi kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida, IIV JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati xodimlari, shahar va tuman xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlari hamda mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi.
Seminarda xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish, psixologik yordam koʻrsatish, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarga himoya orderi berish tartibi boʻyicha keng muhokamalar oʻtkazildi.
Shu jumladan ishtirokchilar xizmat faoliyati jarayonida uchrayotgan amaliy holatlar va ularni bartaraf etishning samarali yoʻllari haqida fikr almashdilar.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









