Navoiy viloyati IIB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-08-25 10:45:00 / Yangiliklar

Aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish, fuqarolarning muammolari va murojaatlarini tinglash, ularni joyida hal etish orqali davlat organlariga boʻlgan ishonchni yanada mustahkamlash maqsadida Navoiy viloyati IIB rahbariyati tomonidan fuqarolar qabuli muntazam ravishda oʻtkazilib kelinmoqda.
Viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Azat Tasbayev tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi qabul davomida viloyatning tuman va shaharlaridan kelgan fuqarolar oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilishdi. Yuzma-yuz muloqot davomida shaxsiy va ijtimoiy muammolar, oilaviy nizo, bandlik va sud huquqqa oid murojaatlar tinglandi.
Har bir fuqaroning murojaati boshqarma boshligʻining shaxsan nazoratiga olindi. Muddat va oʻrganish talab qiladigan muammolarni hal etish yuzasidan tegishliligi boʻyicha masʼullarga zarur topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati





