IIV Jizzax akademik litseyida viloyat IIB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-08-25 10:15:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati IIB boshligʻining IIV Jizzax akademik litseyida navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi. Mazkur tadbirda 25 kishining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalariga masʼullar ishtirokida yechim izlandi.
Xususan, ish joyini oʻzgartirish, mol-mulk mojarosi, qonunbuzarga chora koʻrish, oilaviy kelishmovchilik, yoʻl belgilari oʻrnatish, pul oldi-berdi, ijtimoiy himoya, oʻgʻirlik, tovlamachilik va firibgarlik, tergov-surishtiruvga oid masalalar koʻtarildi. Bir necha yoshlar ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirishdi.
Shaxsiy qabulda murojaatlarning joyida hal qilinishiga eʼtibor qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab qilganlari ish yurituvga olinib, sohaviy xizmatlar rahbarlariga vazifalar yuklandi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati







