Xorazm viloyati IIB boshligʻining shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-08-24 18:50:00 / Yangiliklar

24-avgust kuni Xorazm viloyati IIB boshligʻi tomonidan Xiva shahrida joylashgan Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi maʼmuriy binosida shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari oʻrganildi.
Murojaatlarning aksariyati shu yerning oʻzida atroflicha oʻrganilib, huquqiy tushuntirish berildi.
Qoʻshimcha oʻrganishlarni talab etgan murojaatlar alohida nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati





