Surxondaryo viloyati Boysun tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar oʻrganildi
2025-08-24 09:45:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan Boysun tumanidagi “Mustaqillik” mahallasiga tashrifi davomida, amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirib, mahalla yettiligi aʼzolari ishtirokida uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi ijrosi oʻrganildi.
Shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga alohida urgʻu berildi. Viloyat IIB boshligʻi ushbu yoʻnalishlarda olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.
Shu bilan birga Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham oʻrganilib, bu borada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Uchrashuv davomida, tuman masʼullariga mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi aytilib, mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Boshqarma boshligʻi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika inspektorining xizmat uyiga tashrif buyurib, profilaktika inspektorining yashash shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishib, muammolarini oʻrgandi.
Shundan soʻng, boshqarma boshligʻining oʻrganish manzili Boysun tumani Ichki ishlar boʻlimi binosi boʻlib, u yerda bino va hududning tozaligi, Navbatchilik qismida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlari, tegishli ish hujjatlari koʻzdan kechirilib, aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tuman IIB masʼullariga tegishli topshiriqlar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati







