Surxondaryo viloyati IIB tomonidan Qumqoʻrgʻon tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar oʻrganildi
2025-08-23 11:35:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Surxon sohili” hamda “Besh qahramon” mahallalariga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirib, mahalla yettiligi aʼzolari ishtirokida uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida, mahalla yettiligi aʼzolari ishtirokida uchrashuv oʻtkazib, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi ijrosi oʻrganildi.
Shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga alohida urgʻu berildi. Viloyat IIB boshligʻi ushbu yoʻnalishlarda olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.
Shu bilan birga Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham oʻrganilib, bu borada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Bundan tashqari, tuman Dehqon bozorida tashkil etilgan “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi” hamda “Baraka savdo majmuasi”da aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirildi.
Uchrashuv yakunida, tuman masʼullariga mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi aytilib, mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati





