Surxondaryo viloyatida tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
2025-08-23 09:45:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyat prokuraturasida xodimlarning malakasini oshirish yuzasidan navbatdagi oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi. Unda viloyat prokuraturasi tergovchilari, Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, uning quyi boʻlinmalari tergovchi va surishtiruvchilari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirok etishdi.
Oʻquv mashgʻulotida Surxondaryo viloyat IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Baxtiyor Inoqov hamda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Xurshid Atanazarovlar ishtirok etishdi.
Oʻquv mashgʻulotida ishtirokchilarga tergov organi xodimlari tomonidan jinoyat ishlarini tergov qilish davomida yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berib oʻtdi.
Oʻquv mashgʻuloti yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati






