IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti masʼullari boshchiligida Xorazm viloyatida oʻrganishlar olib borildi
2025-08-22 09:45:00 / Yangiliklar

Oʻrganishlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-son farmoyishiga asosan Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari faoliyatini oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatish yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilganligi yuzasidan nazorat tekshiruvlarini oʻtkazildi.
Yakunda, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan yigʻilish oʻtkazilib, kelgusida bajariladigan ishlar belgilab berildi.




