Surxondaryo viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi hamda quyi tizimi xodimlarining kasbiy malaka va koʻnikmalarini oshirish maqsadida nazariy va amaliy oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi
2025-08-22 09:35:00 / Yangiliklar

Unda bevosita ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi IIV ekspert kriminalistika bosh markazi katta eksperti mayor Nodir Rashidov, Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti kapitan Arslon Mansurov, Toshkent viloyati IIBB EKM bosh eksperti mayor Hamid Rahimbayevlar tomonidan hodisa joyini koʻzdan kechirish, ashyoviy dalillarni olish, qadoqlash hamda tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari davomida kriminalistik-texnik vositalarni qoʻllash boʻyicha mahorat darslari oʻtkazishdi.
Shuningdek, sud fotografiyasining umumiy qoidalari, tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari isbotlov bazasining shakllantirishdagi ahamiyati, portlash va yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq voqea joylarini koʻzdan kechirish, tintuv va tergov eksperimentini oʻtkazish boʻyicha nazariy maʼlumotlar berildi.
Oʻtkazilgan mahorat darslari yakunida, IIB Ekspert-kriminalistika markazi va uning quyi tizimlarining barcha xodimlariga “Hodisa joyini koʻzdan kechirish” boʻyicha sertifikatlar topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati









