“Yashil chiroq-2025” respublika bosqichiga start berildi
2025-08-21 18:05:00 / Yangiliklar

Bugun, 21-avgust kuni Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan “Semurgʻ“ bolalar oromgohida Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha oʻtkaziladigan “Yashil chiroq-2025” musobaqasining respublika bosqichiga start berildi.
Musobaqada respublika boʻyicha saralangan eng iqtidorli oʻquvchilar ishtirok etmoqda.
Ular jamoaviy va yakka tartibdagi jami 13 ta shart boʻyicha bellashuvlarda qatnashib, bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazadilar.
Musobaqa yakunida faxrli oʻrinlarni egallagan jamoalarga diplom va esdalik sovgʻalari topshiriladi. Shuningdek, faol ishtirokchilar ham munosib taqdirlanadilar.
Tadbirning bosh maqsadi – yoshlarda yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirish.
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati









