Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “qizil” toifadagi mahallalarda oʻrganish ishlari davom etdi
2025-08-21 07:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan shahar va tuman ichki ishlar boʻlimlarining faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan ishlar izchil oʻrganib kelinmoqda.
Shu doirada boshqarma boshligʻi rahbarligidagi ishchi guruh Kosonsoy tumanida boʻlib, “Boʻgʻishamol”, “A. Navoiy” va “A. Jomiy” mahallalarida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu mahallalardagi kriminogen vaziyat atroflicha oʻrganilib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar tahlil qilindi.
Oʻrganishlar jarayonida masʼullarga amaliy yordam koʻrsatilib, hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha vazifalar belgilab berildi.
Mazkur oʻrganishlar jinoyatchilikni kamaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholining tinch va xavfsiz hayotini taʼminlashda alohida oʻrin tutadi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati








