IIV Qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchilari Davlatimiz Mustaqilligining 34-yillik bayrami oldidan oʻtkazilayotgan navbatdagi tadbirlarda faol tarzda ishtirok etishmoqda
2025-08-20 19:40:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34-yillik bayrami oldidan hududlarda oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va koʻngilochar tadbirlarda IIV Qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchilari jadallik bilan ishtirok etib kelishmoqda, jumladan, navbatdagi tadbirlarda 7531-harbiy qismda mamlakatimiz va xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar bilan uchrashuv tashkil etildi, yana bir guruh harbiy xizmatchilar bilan esa Toshkent shahrida joylashgan birinchi prezidentimiz Islom Karimov muzeyiga tashrif buyurib, muzey faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. 7532-harbiy qism harbiy qism harbiy xizmatchilari ham Navoiy shahridagi Xotira maydonida boʻlib, vatan uchun jonini baxshida etgan ajdodlarimiz xotirasini yodga olishdi. 7533-harbiy qismda esa Qarshi shahridagi maktab oʻquvchi yoshlar uchun Ochiq eshiklar kuni tashkil etilib, unda yoshlarni ona vatanga sadoqat tuygʻularini shakllantirish, ularni harbiy kasbga qiziqtirish maqsadida qiziqarli chiqishlar namoyish etildi, 7536-harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari “Buxoro Cinema” kinoteatriga tashrif buyurib, ularga vatanparvarlik ruhidagi filmlar namoyish etildi.
Aytish joiz, ushbu tadbirlar harbiy xizmatchilarni ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik tuygʻularini yanada shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu kabi tadbirlar joylarda davom etmoqda.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi axborot guruhi






