Buxoro viloyati IIB xodimlari sport musobaqalarida munosib natijalarga erishmoqda
2025-08-19 13:05:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar organlari xodimlari nafaqat xizmat faoliyatida, balki sport maydonlarida ham yuqori natijalarga erishib, yurtimiz nomini munosib himoya qilmoqda.
Joriy yilning 16–18-avgust kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Besh tashabbus” olimpiadasining stol tennisi boʻyicha final bosqichida Buxoro viloyati IIB vakillari yutuqlarga erishdi. Viloyat IIB MMI va KBTX katta inspektori kapitan Nurmuxammad Nekboyev erkaklar oʻrtasida faxrli ikkinchi oʻrinni, Gʻijduvon tumani IIB 2-son IIB HPG xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori kapitan Munira Raximova esa ayollar oʻrtasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimi Sharif Qoʻshayev Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon oʻyinlarida sportning jangovar sambo turi boʻyicha 79 kg vazn toifasida faxrli uchinchi oʻrinni egalladi.
Mazkur muvaffaqiyatlar munosabati bilan barcha gʻolib va sovrindor hamkasblarimizni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati





