Navoiy viloyati Karmana tumani “Doʻrman” MFY hududida sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2025-08-19 12:20:00 / Yangiliklar

Mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, hamda tegishli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etgan mazkur muhokamada jinoyatning kelib chiqish sabablari, uning oqibatlari, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish choralari atroflicha muhokama qilindi.
Masʼullar tomonidan har qanday jinoyatga jazo muqarrar ekanligi, kishining bir lahzalik jahli yoki eʼtiborsizligi tufayli qilgan xatti-harakati nafaqat oʻz hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, balki bir insonning umriga zomin boʻlishi mumkinligi haqida taʼkidlandi.
Yigʻilishda yoshlar tarbiyasi, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy hayotga faol jalb qilish orqali jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish muhimligi haqida soʻz yuritildi.
Jarayonda koʻplab fuqarolar kiberjinoyatlarning qurboniga aylanib qolayotganligi taʼkidlanib, ushbu jinoyatdan ogoh boʻlishlari yuzasidan bir qancha huquqiy tushunchalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati




