Andijon viloyati IIBda tergovchi va surishtiruvchilar uchun oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi
2025-08-19 12:00:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati sudi bilan hamkorlikda jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida eʼtibor qilinishi zarur boʻlgan masalalar boʻyicha Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar uchun oʻquv-seminar mashgʻuloti tashkil etildi.
Seminarda Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyat sudining masʼullari tomonidan mavzu yuzasidan tergovchi va surishtiruvchilarga batafsil tushunchalar berildi.
Oʻquv-seminar mashgʻuloti davomida tergovchi va surishtiruvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishib, ularga atroflicha javoblar olishdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati





