Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar-2025” tanlovi boʻlib oʻtdi
2025-08-19 11:35:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi hamda Jazoni ijro etish departamenti farmoyishlari asosida oʻtkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar – 2025” koʻrik-tanlovida Markaziy tergov hibsxonasi hamda 5 ta mintaqaviy hudud jamoalari ishtirok etdi.
Natijalarga koʻra, Ikkinchi mintaqaviy hududning “Nazoratchilar” jamoasi 1-oʻrinni, Oltinchi mintaqaviy hududning “Minor” jamoasi 2-oʻrinni, Toʻrtinchi mintaqaviy hududning “Energiya” jamoasi esa 3-oʻrinni egalladi.
Tadbirda Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi vakillari hamda Jazoni ijro etish departamenti xodimlari ishtirok etdi.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati





