Hududlarda Kiberxavfsizlik va “Xavfsiz shahar” tizimlari yagona apparat-dasturiy platformasidan foydalanish boʻyicha sayyor oʻquv-amaliy seminarlar oʻtkazilmoqda
2025-08-19 11:25:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, uni barvaqt oldini olish hamda fosh etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida sayyor oʻquv-amaliy seminar mashgʻulotlari tashkil etilmoqda.
Ushbu seminarlar Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida tashkil etilib, “Xavfsiz shahar” tizimlari yagona apparat-dasturiy platformasidan foydalanish, uning funksionalligi va foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha ham mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Markaz xodimlari tomonidan barcha viloyatlar boʻylab xizmat safarlari davomida tajriba almashish va amaliy oʻqitish ishlari olib boriladi.
Tashkil etilayotgan ushbu oʻquv seminaridan koʻzlangan maqsad – kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha Ichki ishlar organlari salohiyatini yanada oshirish va xavfsiz muhitni taʼminlash hisoblanadi.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi


