Buxoro viloyati IIB boshligʻi Buxoro shahridagi kriminogen vaziyati ogʻir hisoblangan Shayhul Olam va Nizomiy Ganjaviy mahallalarida oʻrganishlar olib bordi
2025-08-19 04:30:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirining topshirigʻiga asosan, Buxoro shahridagi kriminogen vaziyati murakkab hisoblangan mahallalarda nazorat ishlari yanada kuchaytirib mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning muammolarini aniqlash va hal etishga qaratilgan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududlarga IIB boshligʻining oʻrinbosarlari va Buxoro shahar IIO FMB rahbarlari biriktirilgan.
Bugungi kunda Shayhul Olam mahallasidagi muammolarni aniqlash va joyida hal etish maqsadida “Xavfsiz hovli — xavfsiz xonadon” tamoyili asosida tegishli tashkilotlar, mahalla yettiligi va faol fuqarolar ishtirokida manzilli ishlar tashkil etilmoqda. Shu asosda, Buxoro shahridagi Nizomiy Ganjaviy mahallasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning muammolarini aniqlash va hal etishga qaratilgan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi ushbu mahallalarga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrgandi va jinoyatchilikni kamaytirishda tizimli, hamkorlikka asoslangan yondashuv talab etilishini taʼkidlab, masʼul rahbarlarga aniq vazifalar belgilab berdi.
Bu kabi oʻrganishlar davom etmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









