Xorazm viloyati IIB boshligʻi tomonidan shaxsiy qabul oʻtkazildi
2025-08-18 14:25:00 / Yangiliklar

17-avgust kuni Xorazm viloyati IIB boshligʻi tomonidan boshqarma maʼmuriy binosida shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq oʻttizdan ortiq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari oʻrganildi.
Murojaatlarning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida hal etildi.
Qoʻshimcha oʻrganishlarni talab etgan murojaatlar esa alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul davomida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 4 nafar yurtdoshlarimizga shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati









