Fargʻona viloyati IIB rahbariyati Fargʻona shahridagi mahallalarda oʻrganishlar olib bordi
2025-08-16 15:00:00 / Yangiliklar

Viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov Fargʻona shahridagi murakkab, ogʻir mahallalar tarkibiga kiruvchi “Shakarqishloq”, “Maʼrifat”, “Ilgʻor”, “Yoshlar” kabi mahalla fuqarolar yigʻinlariga borib, masʼullar ishtirokida oʻrganishlar olib bordi.
Oʻrganish jarayonida Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-yanvar kunidagi 1-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, mazkur hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklar salmogʻini kamaytirish hamda raqamlashtirish holatiga jiddiy eʼtibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish uchun mutasaddi rahbarlar va yettilik aʼzolari oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.
Oʻrganishlar hududlarda davom etmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati




