Buxoro viloyati IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov Shofirkon tumanida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari yechimiga bagʻishlangan oʻrganishlar olib bordi
2024-03-24 12:35:00 / Yangiliklar
![Buxoro viloyati IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov Shofirkon tumanida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari yechimiga bagʻishlangan oʻrganishlar olib bordi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F8d66a705-3997-083d-6db5-0c714c390414_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Boshqarma boshligʻi Shofirkon tumanidagi oʻrganishlari davomida yangidan qurilayotgan “Shibirgʻon” mahallasi binosi va profilaktika inspektorining xizmat uyi qurilishi bilan tanishdi.
Shuningdek, polkovnik Mirjamol Miralimov “Sultonobod” koʻchama-koʻcha, uyma-uy yurib, bevosita mahalla faollari, oqsoqollar, keksa nuroniylar, kam taʼminlangan fuqarolar bilan uchrashdi.
Jarayonda ularni qiynayotgan muammolar va mahallalardagi yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar oʻrganilib, tomorqalardan unumli foydalanish, “Bir mahalla bir mahsulot” tamoyili asosida ishlarni tashkil etish, aholi bandligini taʼminlash, ularning muqim daromad manbaini yaratish kerakligi borasida topshiriqlar berdi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati