Namangan viloyatining 3-sektor hududida “Sayxunobod tajribasi” ommalashtirilmoqda
2024-03-23 13:05:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev tuman hokimi hamda IIB boshligʻi bilan birgalikda Kosonsoy tumanining “Namuna” mahallasidagi aholi xonadonlarida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganish davomida Boshqarma boshligʻi masʼullar bilan birgalikda oʻzini-oʻzi band qilgan va tomorqa, uy xoʻjaliklaridagi imkoniyatlardan foydalangan holda daromad topayotgan xonadon egalari bilan suhbatlashib, ularning bu boradagi taklif va mulohazalarini tingladi.
Shuningdek, masʼullarga aholini oʻz xonadonidagi asalarichilik, parrandachilik, chorvachilik va boshqa yoʻnalishlar orqali olayotgan daromadlari faqatgina shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflash bilan cheklanib qolmay, balki ularga koʻmaklashib, koʻproq daromad olish uchun sharoit yaratib berish boʻyicha vazifalar belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






