Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi kriminogen vaziyat tanqidiy muhokama qilindi
2025-08-13 10:05:00 / Yangiliklar

Qiziriq tuman hokimligi binosida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorlari ijrosi boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, tumandagi kriminogen vaziyat, sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar muhokamasiga bagʻishlangan tanqidiy ruhdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Viloyat IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov huzurida oʻtkazilgan muhokama yigʻilishida, tuman hokimi, prokurori, mahalla yettiliklari, nuroniylar, mahalla faollari va boshqa mutasaddi tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Yigʻilish davomida, viloyat masʼullari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish boʻyicha olib borilgan ishlari va boshqa kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib kelgusida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini oʻz vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirilishi lozimligi boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati




