XII Butunjahon oʻyinlarida IIV jamoasi munosib natijalar qayd etmoqda
2025-08-12 12:15:00 / Yangiliklar

“Chendu–2025” Butunjahon oʻyinlarida bellashuvlar tobora qizgʻin tus olmoqda. Dunyoning 114 ta davlatidan 4 000 nafardan ziyod sportchi jahon birinchiligi shon-sharafi uchun kurash olib bormoqda.
Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilayotganlar orasida IIV jamoasi aʼzolari ham bor.
Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida oʻtayotgan mazkur nufuzli musobaqada IIV “Dinamo” jamoat tartibini saqlash jismoniy oʻquv-sport boʻlimi texnik masʼuli ijrochisi, kichik serjant Darya Latisheva sportning Taolu yoʻnalishida juda yuqori mahoratini namoyish etdi.
Final bahsida malayziyalik raqibiga ozgina farq bilan imkoniyatni boy bergan sportchimiz kumush medal sohibi boʻldi.
Darya Latishevaning bu yutugʻi nafaqat IIV jamoasi, balki butun Oʻzbekiston sport jamoatchiligi uchun iftixorli voqea boʻldi.
Biz unga kelgusida ham yangi-yangi zafarlar tilaymiz.



