Fuqarolar murojaatlarini oʻrganish va ularni joyida hal etish maqsadida Toshkent viloyati IIBB rahbariyati navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdi
2025-08-11 09:00:00 / Yangiliklar

Xabar berilganidek, joriy yilning 10-avgust kuni Toshkent viloyati IIBB binosida bosh boshqarma boshligʻi, polkovnik Abduvosit Abdurazakovning fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi.
Ushbu uchrashuv aholining ichki ishlar organlariga oid masalalari, jumladan, tergov-surishtiruv, yoʻl harakati xavfsizligi ijtimoiy profilaktika yoʻnalishlaridagi murojaatlarini tinglash va ularni hal etishga qaratildi.
Tadbir Toshkent viloyati IIBB maʼmuriy binosida ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, har bir murojaat tegishli masʼullar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi va ularni ijobiy hal etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Bu kabi uchrashuvlar fuqarolarning murojaatlariga bevosita yechim topish, ularning muammolarini tezkor hal qilishga xizmat qiladi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati









