Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-08-11 09:00:00 / Yangiliklar

Navbatdagi shaxsiy qabul davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan 34 fuqaroning ichki ishlar organlariga tegishli boʻlgan murojaatlari koʻrib chiqildi.
Asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituvga olingan murojaatlar boʻyicha manzilli choralar belgilanib, tegishli soha xizmatlari rahbarlariga ijro muddatlari aniq belgilanib, koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati






