Andijon viloyati IIB rahbariyatining fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi
2025-08-11 09:00:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIB rahbarlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida, muntazam ravishda shaxsiy va sayyor qabullar oʻtkazib kelinmoqda.
Ushbu yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida bugun 10-avgust kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida aholi vakillaridan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, koʻrib chiqish talab etilgan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Bu kabi qabullar aholi bilan ochiq muloqot oʻrnatish, ularning muammolarini tezkor va samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati






