Jizzax viloyati IIB rahbariyati jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot qildi
2025-08-11 09:00:00 / Yangiliklar

Shaxsiy qabulda 40 nafarga yaqin fuqaroning muammolari tinglandi.
Xususan, ish joyini oʻzgartirish, ishga qayta tiklash, mol-mulk mojarosi, pul oldi-berdi, ijtimoiy himoya, tovlamachilik va firibgarlik, tergov-surishtiruvga oid masalalariga masʼullar ishtirokida yechim izlandi.
Bir necha yoshlar ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirishdi.
Shaxsiy qabulda asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal qilinishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab qilganlari ish yurituvga olindi.
Ularning ijrosi yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilangan holda jinoyat qidiruv, sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati







