IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7533-sonli harbiy qismda “Oʻz kasbining ustasi” koʻrik tanlovining qoʻshin miqyosidagi saralash bosqichi boʻlib oʻtdi
2025-08-09 11:40:00 / Yangiliklar

Mazkur musobaqa Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida oʻz kasbining ustasi uchun koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibini takomillashtirish” toʻgʻrisida 2020-yil 1-dekabrdagi PQ 4905-son qarori ijrosini taʼminlash,
Qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchilari orasida oʻz kasbiga nisbatan ishonch hissini oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat ruhini taʼminlash, harbiy-kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida oʻtkazilib, unda ishtirokchilar “Eng ilgʻor serjant, guruh, vzvod, batalyon komandir” lari kabi nominatsiyalari boʻyicha bahslarga kirishdi.
Uch kun davomida 7533-son harbiy qism negizida tashkil etilgan tanlovda, ishtirokchilar Umumharbiy nizomlar, maʼnaviy-maʼrifiy mavzular boʻyicha test sinovlari, amaliy oʻq otish mashgʻulotlari, taktik va jismoniy tayyorgarlik meʼyorlaridan sinovlar topshirishdi.
Taʼkidlash joiz, endilikda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan harbiy xizmatchilar koʻrik-tanlovning Qurolli kuchlar miqyosidagi Respublika final bosqichida IIV Qorovul qoʻshinlari sharafini himoya qilishadi.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi axborot guruhi






