Buxoro viloyati IIB rahbariyati viloyatning olis va chegara hududlarida amaliy oʻrganish ishlarini olib bordi
2025-08-08 09:00:00 / Yangiliklar

Boshqarma boshligʻi Qorakoʻl va Olot tumanlarida boʻlib, ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, aholi bilan muloqot samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni oʻrgandi.
Qorakoʻl tumanidagi oʻrganishlari davomida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri doirasida xizmat oldi Yoʻriqnoma oʻtkazib, tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar va kuch vositalarga ularning vazifalari, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va huquq tartibotni taʼminlash borasida zaruriy koʻrsatma hamda tavsiyalarini berdi.
Shundan soʻng, tumanda kriminogen vaziyat nisbatan ogʻir hisoblangan “Qorakoʻl” mahallasida amaliy oʻrganishlar olib borildi. Mahalladagi jinoyat va huquqbuzarliklar holati tahlil qilinib, mahalla vakillari va profilaktika inspektorlarining hisobotlari eshitildi.
Ular tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlar, tuzilgan “mahallabay“ yoʻl xaritaning bandlari ijrosi, aholi oʻrtasida olib borilgan targʻibot tushuntirish ishlari, muammoli oilalar, nizolashayotgan fuqarolar bilan ishlash tizimi, shu jumladan voyaga yetmaganlar, yoshlar hamda xotin-qizlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, ushbu toifa shaxslarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻrganildi va tegishli tavsiyalar berildi.
Navbatdagi manzil viloyatning eng olis, chegara hududi hisoblangan Olot tumani.
Ushbu tumanning Navroʻz mahallasi jinoyatchilik koʻrsatkichi nisbatan yuqori hisoblanadi. Bu yerda boʻlgan boshqarma boshligʻi mazkur mahalladagi vaziyatni alohida oʻrgandi.
Hududda amalga oshirilgan profilaktik tadbirlarning natijadorligi, aholi oʻrtasida olib borilgan manzilli ishlar, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla vakillari va huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan uchrashib, ularning faoliyatiga amaliy yordam koʻrsatildi.
Bundan tashqari, masʼullar tuman markazida piyoda yurib “Xavfsiz tun” tadbiri doirasida xizmat olib borayotgan kuch-vositalarning faoliyatini ham koʻzdan kechirdilar.
Xizmat intizomi, aholi bilan muloqot madaniyati, vaziyatga qarab tezkor qaror qabul qilish qobiliyati yuzasidan shaxsiy tarkibga bir qator tavsiya hamda aniq koʻrsatmalar berildi.
Boshqarma boshligʻi boshchiligidagi bunday amaliy yordam va nazorat-oʻrganish ishlari belgilangan grafik asosida viloyatning barcha tuman va shaharlarida davom ettiriladi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






