Buxoro viloyati IIB rahbariyati tomonidan “Pamoʻza” mahallasining kriminogen holati oʻrganildi
2025-08-07 00:10:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda ushbu mahallada 7169 nafar aholi istiqomat qiladi. Joriy yilning oʻtgan davrida mazkur mahallada 9 ta jinoyat sodir etilgan.
Ushbu mahalla soʻnggi besh yil davomida “qizil toifa“ga mansub boʻlib, kriminogen vaziyat ogʻir deb baholanmoqda.
Jarayonda viloyat IIB rahbariyati tomonidan mahalladagi umumiy huquqbuzarliklar holati, jinoyatlarning turlari, ularning sodir etilishiga sabab boʻlgan omillar hamda mavjud shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada jinoyatchilikni jilovlash va uning oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar, xususan,profilaktik, probatsiya hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash, huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan manzilli tarzda ish olib borish, aholi oʻrtasida huquqiy targʻibotni kuchaytirish, jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim asosida olib borilayotgan manzilli hamda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish masalalari belgilab olindi.
Oʻrganishlar yakunlari boʻyicha jinoyatchilikni kamaytirish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi va uning ijrosi viloyat IIB rahbariyati tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati




