Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan Denov tumanida kriminogen vaziyat va PQ-1-son qaror ijrosi oʻrganildi
2025-08-06 10:08:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan Denov tumanidagi “Bogʻinav” mahallasiga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirib, mahalla yettiligi aʼzolari ishtirokida uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishi masalalariga alohida urgʻu berildi. Viloyat IIB boshligʻi ushbu yoʻnalishlarda olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.
Shu bilan birga Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham oʻrganilib, bu borada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida, tuman masʼullariga mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi aytilib, mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati





