Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasi tizimida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada oʻtkazildi
2025-08-05 09:00:00 / Yangiliklar

Mazkur tanlov ayollar faolligini oshirish, ularning xizmat faoliyatidagi yutuqlarini keng ommaga targʻib qilish, shuningdek, ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xodima ayollarning ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar bir nechta shartlar asosida bellashib, oʻzlarining kasbiy bilimlari, madaniy-maʼrifiy saviyasi, nutq mahorati hamda badiiy ijodga boʻlgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar natijasida eng faol va iqtidorli ishtirokchilar aniqlanib, viloyat bosqichi gʻoliblari sifatida taqdirlandilar.
Gʻolib boʻlgan xodimalar tanlovning respublika bosqichida Buxoro viloyati sharafini munosib himoya qilishlari kutilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






