IIV Qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchilari navbatdagi malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi
2025-08-04 11:15:00 / Yangiliklar

Tadbir avvalida, Qorovul qoʻshinlari masʼul ofitserlari navbatdagi malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan harbiy xizmatchilarni samimiy qutlab, ushbu dargohda egallagan bilim va koʻnikmalari bevosita xizmat faoliyatida qoʻl kelishini taʼkidlab oʻtib, sertifikatlarni oʻz egalariga topshirishdi.
Shuningdek, tadbirda soʻz olganlar bu kabi oʻquv kurslari harbiy xizmatchilar bilim va malakasi, intellektual hamda kasbiy salohiyatini oshirishda muhimligini taʼkidlagan holda vazirlik malaka oshirish instituti rahbariyatiga ham samimiy minnatdorligini bildirib oʻtishdi.
Bu galgi oʻquv kurslarida qoʻshin safida xizmat qilayotgan harbiy qism va boʻlinmalardan jami 17 nafar kontrakt boʻyicha oddiy askar va serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar bilim va malakalarini oshirgan holda, boy tajriba toʻplashdi.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi Axborot guruhi



