Ichki ishlar vazirligi boʻsh lavozimlarga yoʻnalish boʻyicha tegishli ish stajiga va maʼlumotga hamda ishlash imkoniyatiga ega boʻlgan nogironligi bor Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga taklif etadi
2024-03-16 15:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi quyidagi boʻsh ishchi (xizmatchi) lavozimlarga yoʻnalish boʻyicha tegishli ish stajiga va maʼlumot (oʻrta, oʻrta-maxsus, oliy)ga hamda ishlash imkoniyatiga ega boʻlgan nogironligi bor Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga taklif etadi:
- Elektr ustasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va Toshkent, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida);
- Bogʻbon (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va Toshkent, Andijon viloyatlarida);
- Farrosh (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va Toshkent, Navoiy viloyatlarida);
- Santexnik (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida);
- Duradgor (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida);
- Fotograf (Toshkent shahar va Fargʻona viloyatida);
- Tibbiy hamshira (Toshkent shahar va Toshkent, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Fargʻona viloyatlarida);
- Buxgalter-gʻaznachi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va Toshkent, Andijon, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlarida);
- Bino taʼmirlovchi ishchi (Toshkent shahar va Toshkent viloyatida);
Murojaat uchun telefonlar: (71) 231-34-35
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
