Koreya Respublikasi milliy politsiya agentligi delegatsiyasi Toshkent shahar IIBB ga tashrif buyurdi
2024-03-16 09:00:00 / Yangiliklar

Yaqinda Koreya Respublikasi milliy politsiya agentligi delegatsiyasi Toshkent shahar IIBBda boʻlishdi.
Delegatsiya aʼzolari bosh boshqarmaning Yagona tezkor boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishib chiqdi. Mehmonlar markazda zamon talablariga mos ravishda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, axborot-texnologiyalari bilan tanishib, majmuaga ichki ishlar, adliya, sogʻliqni saqlash, transport va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya, Soliq qoʻmitasi kabi idoralarning 55 ta elektron bazasi integratsiya qilinganligiga yuqori baho berdilar.
Uchrashuv davomida Koreya tomoni hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Malaka oshirish institutida ham Simulyatsiya oʻquv markazi (situatsion boshqaruv markazi, “102” xizmati, navbatchilik qismi)ni tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.
Shu bilan birga, delegatsiya Toshkent shahar IIBB “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurdilar va respublika ichki ishlar organlari shakllanishining turli bosqichlarida ishlatilgan forma-kiyimlari, avto va mototransport, maxsus vosita va qurollar ekspozitsiyalari haqida maʼlumot oldilar.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati




