Jizzax shahrida qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi
2025-07-31 09:45:00 / Yangiliklar

Jizzax shahrida prezidentning joriy yil 3-yanvar kunidagi “2025- yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 1-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bagʻishlangan navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda, shahar hududida qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha masʼullarning hisobotlari tinglandi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda soha mutasaddilariga oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni yuqori masʼuliyat va sidqidildan bajarishlari yuzasidan topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati







