Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi faoliyati va xalqaro hamkorlikdagi roli
2025-07-30 10:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasidagi Interpolning Milliy markaziy byurosi oʻzining tezkor-xizmat faoliyatida nafaqat qidiruv ishlarini amalga oshiradi, balki xalqaro transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha oʻz vazifalarini ham bajaradi.
Bu vazifalar respublikaning huquqni muhofaza qiluvchi va tegishli vazirliklari hamda idoralari uchun treninglar, ishchi guruhlar uchrashuvlarini tashkil etish va oʻtkazish orqali ham idora ichidagi, ham idoralararo hamkorlik darajasini oshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Shu tariqa, ikkinchi yarim yillikning birinchi oyida Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti (Interpol) Bosh kotibiyati tashabbusi bilan, Yevropa Ittifoqi koʻmagida va Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi muvofiqlashtiruvida qator tadbirlar oʻtkazildi.
Ushbu tadbirlarda Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati va Ekologiya vazirligi xodimlari ishtirok etib, ularga Interpolning axborot resurslari va vositalaridan foydalanish imkoniyatlari taqdim etildi.
Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi









